
Xitoyning Doogee kompaniyasi tez kunda 6,5 dyuymli stereoskopik displey bilan jihozlangan smartfonni sotuvga chiqaradi, deb xabar bermoqda Terabayt.uz nashri.
Smartfon displeyi Full HD aniqligida bo‘ladi.. Doogee Y6 Max Xitoyda 170 dollar narxida sotuvga chiqariladi.
Unga bir kristalli Mediatek MT6750T prosessori, 3 Gb tezkor va 32 GB doimiy xotira o‘rnatiladi. Akkumulyatorining sig‘imi 3400 mA/soat. Samsung S5K3L8 sensori bilan jihozlangan asosiy kamera aniqligi 13 MPni (fazali avtofokus bilan) tashkil qiladi. Shuningdek, keng burchakli (83°) selfikamera ham ko‘zda tutilgan.
Model 13 yanvardan boshlab do‘konlarga etkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar