date

Noqonuniy ishlashga qarshi yangi tizim

Noqonuniy ishlashga qarshi yangi tizim
Buyuk Britaniyada ish huquqini tasdiqlash uchun raqamli identifikatsiya tizimi joriy etilmoqda. Bosh vazir Keir Starmer bu tizim noqonuniy ishlashni kamaytiradi va fuqarolarga qulayliklar beradi, dedi.

Raqamli ID 2029-yilgacha ishga joylashishda majburiy bo‘ladi. Unda ism, tug‘ilgan sana, fuqarolik yoki yashash maqomi va surat kabi ma’lumotlar bo‘ladi va u mobil telefonda saqlanadi.

Muholifat va ba’zi tashkilotlar yangi tizim shaxsiy ma’lumot xavfsizligiga xavf solishi va muammolarni to‘liq hal qilmasligini ta’kidlamoqda. Ular tizim qanchalik ishonchli ekanini so‘ramoqda.

Hukumat esa ID orqali xizmatlarga tezroq murojaat qilish, hujjatlarni tekshirishni soddalashtirishni va noqonuniy ishlashni kamaytirishni maqsad qilganini aytmoqda. Muloqot va qonun loyihasi keyingi oylar ichida davom etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Noqonuniy ishlashga qarshi yangi tizim