date

Qozog‘iston armiyasi sun’iy aqlli psixolog bilan ta’minlandi

Qozog‘iston armiyasi sun’iy aqlli psixolog bilan ta’minlandi
Qozog‘iston harbiy tizimida ilk marta sun’iy intellekt asosida ishlaydigan virtual psixolog – AI-sulu taqdim etildi, deb @sputnikKZ xabar berdi. Ushbu innovatsion tashabbus armiya safidagi askarlarning ruhiy barqarorligini ta’minlash, ularga doimiy psixologik yordam ko‘rsatishni maqsad qiladi.

AI-sulu nomli Telegram-bot kunning istalgan vaqtida – 24 soat mobaynida ishlaydi. U qiyin ruhiy holatga tushgan harbiylarga darrov javob beradi, dardini tinglaydi, qo‘llab-quvvatlaydi va asta-sekin ruhiy tiklanishga yordamlashadi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, u to‘liq psixolog vazifasini bajara olmasligi mumkin, biroq dastlabki yordam nuqtasi sifatida juda foydali bo‘lishi mumkin.

Bot asosan ikki tilda – qozoq va rus tillarida ishlaydi. Uning imkoniyatlari orasida his-tuyg‘ularni tushunish, maslahat berish, xavotir va stressli holatlarda oddiy mashqlar tavsiya etish ham bor. Shuningdek, bot zarurat tug‘ilganda inson psixologiga murojaat qilishni ham tavsiya etadi va qaysi tashkilotlardan yordam olish mumkinligini ma’lum qiladi.

Loyihaning ishlab chiqaruvchilariga ko‘ra, AI-sulu yolg‘izlik va tushkunlikdan aziyat chekuvchi askarlarga yorqin nuqta sifatida xizmat qilishi mumkin. Qozog‘iston mudofaa sohasida bu kabi ilg‘or yechimlarni joriy etish orqali harbiy xizmatchilarning umumiy psixologik muhitini yaxshilashni rejalashtirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Qozog‘iston armiyasi sun’iy aqlli psixolog bilan ta’minlandi