Anthropic kompaniyasi Claude Sonnet 4.5 modelini taqdim etdi, deb Anthropic xabar berdi. Yangi versiya kod yozish va kompyuterdagi murakkab vazifalarni bajarishda eng kuchli model sifatida baholanmoqda. Model mantiqiy fikrlash, matematika va sohaga oid bilimlarda ham katta yutuqlarga erishdi.
Claude Sonnet 4.5 bilan birga bir qator yangi imkoniyatlar ham joriy etildi: Claude Code dasturida checkpoint funksiyasi, yangilangan terminal interfeysi va VS Code uchun maxsus kengaytma. Shuningdek, Claude API orqali agentlar uchun uzoq muddatli xotira va katta murakkablikdagi vazifalarni bajarish imkoniyati yaratildi.
Shu bilan birga, ishlab chiquvchilar uchun Claude Agent SDK taqdim etildi. Bu platforma Claude Code’ni quvvatlantiruvchi infratuzilmaning o‘zi bo‘lib, endi istalgan sohada AI agentlarini yaratish imkonini beradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!