date

Internetda so‘kinganlar avtomatik bloklanishi mumkin

Internetda so‘kinganlar avtomatik bloklanishi mumkin

Rossiya Davlat Dumasi internetda haqoratli so‘zlar ishlatilishini to‘liq taqiqlovchi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda. Hujjat qabul qilinsa, u barcha ijtimoiy tarmoqlar va onlayn platformalarga taalluqli bo‘ladi.

Loyiha muallifi — Davlat Dumasining axborot siyosati qo‘mitasi a’zosi Andrey Svinsovning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chadagi kabi internetda ham so‘kinganlik jamoat tartibini buzish deb baholanishi lozim. «Metro bekati yoki restoran yonida haqoratli so‘z ishlatsangiz, bu mayda bezorilik hisoblanadi. Shu qoida onlayn makonga ham tatbiq etilishi shart», — dedi deputat.

Svinsov qonunni amalga oshirish uchun «Roskomnadzor»ga maxsus vakolat berishni taklif qildi. Ya’ni, tarmoqda so‘kinganlik aniqlansa, bu kabi kontentni huquq-tartibot idoralarini qo‘shimcha ishga tortmasdan avtomatik tarzda bloklash nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida deputat Svinsov beparda iboralar mavjud materiallarni cheklovchi qonun loyihasini Davlat Dumasiga kiritgan edi. Unga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda haqoratli so‘zlar ishlatilgan postlar yoki tahrir qilinishi, yoki maxsus belgilar bilan niqoblanishi shart bo‘ladi.

Taqiqlanganlar qatoriga “x”, “p”, “ye”, “b” harflari bilan boshlanadigan qator so‘zlar va ularning shakllari kiradi. Agar bu kabi materiallar belgilanmagan holda tarqatilsa, ular o‘chiriladi yoki «Roskomnadzor» tomonidan resurslarga kirish cheklanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Internetda so‘kinganlar avtomatik bloklanishi mumkin