8 GBli operativ xotiraga ega bo‘lgan smartfonlar davriga ko‘p vaqt qolmagan ko‘rinadi. Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi ancha oldin bunday hajmdagi xotira chipini yaratgan edi, endilikda esa Hynix firmasi bunday chipning apparat qismini tayyorlashga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda Terabayt sayti.
Hynix takt chastotasi 3733 MGsli 8 GBli LPDDR4 (har biri 2 Gbli 4 ta mikrosxema) xotirani ishlab chiqarishga tayyor. Ushbu chipning axborot o‘tkazish imkoniyati 29,8 GB/s, u 21 nm texnojarayoni yordamida yaratiladi. Chipning nisbatan kamroq energiya sarflaydigan versiyasini 2017 yilda sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.
Taqqos uchun, Samsung tomonidan 10 nm texnojarayoni orqali yaratilgan 8 GBli chip 4266 MGs chastotaga ega. Hynix mahsuloti undan biroz kuchsiz va ko‘proq quvvat sarflaydi.
Hynix firmasi xitoylik ishlab chiqaruvchilardan boshlab, Dell, Apple va boshqa gigantlarga turli xotira chiplarini etkazib beradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin