AQSh prokuraturasi bolalarni ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq tergov doirasida Telegram serverlariga masofadan kirish uchun suddan ruxsat oldi, deb Rozetked xabar berdi.
Hujjatlarga ko‘ra, prokuratura gumonlanuvchining akkauntidan ma’lumot olish maqsadida serverlarga maxsus xabarlar yuborib, “masofaviy qidiruv texnikasi”dan foydalanmoqchi. Ushbu usul orqali muloqot va akkaunt haqidagi ma’lumotlarni olish rejalashtirilgan.
Telegram kompaniyasi esa bunday harakatlarni amalga oshirishning iloji yo‘qligini ma’lum qildi. Ularning aytishicha, hatto o‘z muhandislari ham serverdagi xabarlarga kira olmaydi. Sababi — Telegram serverlari kuchli shifrlangan va bu shifrni buzishning hech qanday amaliy usuli mavjud emas.
Shuningdek, kompaniya har doim zararli kontentga qarshi qat’iy kurash olib borganini va AQShdan kelgan barcha qonuniy talablarni bajarganini, jumladan jinoyatchilarning IP-manzili va telefon raqamlarini taqdim etib kelayotganini ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!