Telegram’ning “Kripto Hamyoni”da yangi “Aksiyalar va fondlar” bo‘limi paydo bo‘ladi, deb Rozetked xabar berdi. Bu orqali foydalanuvchilar Apple, Tesla, Nvidia va S&P 500 indeksi kabi Amerika kompaniyalarining tokenlashtirilgan aksiyalarini sotib olishlari mumkin bo‘ladi.
Savdo tokenlar orqali amalga oshiriladi, bu esa kichik ulushlarni ham xarid qilish imkonini beradi. An’anaviy birja savdosidan farqli o‘laroq, operatsiyalar haftaning besh kuni 24 soat davomida amalga oshiriladi. Dividend to‘lanadigan aksiyalar bo‘yicha foyda ham token shaklida beriladi.
Funksiya Kraken va Backed Finance bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Yangi bo‘lim oktabr oxiridan boshlab ayrim hududlarda bosqichma-bosqich ishga tushadi. Mini-ilova orqali hoziroq kutish ro‘yxatiga yozilish mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!