date

Ilon Mask Wikipedia o‘rnini bosuvchi Grokipedia loyihasini e’lon qildi

Ilon Mask Wikipedia o‘rnini bosuvchi Grokipedia loyihasini e’lon qildi

Ilon Mask Wikipedia’ga muqobil bo‘ladigan yangi onlayn ensiklopediya — Grokipedia loyihasini e’lon qildi, deb Rozetked xabar berdi. Uning aytishicha, bu “Wikipedia’ga nisbatan sezilarli yaxshilangan” platforma bo‘ladi.

Loyiha xususiy sun’iy intellekt kompaniyasi xAI tomonidan amalga oshiriladi. U Wikipedia’ning “biryoqlama, senzuralangan” siyosatiga javoban yaratilmoqda. Mask Grokipedia’da maqolalar uchun manbalarni kengroq doirada tanlash imkonini berishni maqsad qilgan.

Ensiklopediya g‘oyasiga sobiq bankirlar va investorlar ham qo‘shilgan. Masalan, Jon Lefevr Wikipedia’da Fox News kabi manbalar bloklanganidan norozilik bildirgan. Investor Devid Saks esa maqolalar muntazam ravishda o‘zgartirilishini tanqid qilgan.

Mask Grokipedia qachon ishga tushirilishini hozircha ochiqlamadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ilon Mask Wikipedia o‘rnini bosuvchi Grokipedia loyihasini e’lon qildi