Microsoft Windows 11 operatsion tizimining navbatdagi yillik yangilanishi — 25H2 versiyasini chiqardi, deb Rozetked xabar berdi. Avval Release Preview kanalida sinovdan o‘tgan ushbu yangilanish endi barcha foydalanuvchilar uchun Windows Update orqali tarqatila boshlandi.
Yangilanish "enablement package" — ya’ni kichik faollashtirish paketi ko‘rinishida tarqatilmoqda va u avvalgi 24H2 versiyasidagi barcha funksiyalarni o‘z ichiga oladi. Ikkala versiya umumiy kod bazasidan foydalanganligi sababli, yangi imkoniyatlar har oyda ikkisi uchun ham bir vaqtda yangilanadi.
25H2’dagi asosiy o‘zgarishlar xavfsizlikka taalluqli: tizimga sun’iy intellekt yordamida kod yozish xavfsizligini oshirish va murakkab zaifliklarni aniqlash vositalari qo‘shilgan. Shuningdek, eskirgan PowerShell 2.0 va WMIC komponentlari tizimdan olib tashlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!