OpenAI videolar yaratish uchun yangi avlod neyromodeli — Sora 2’ni taqdim etdi, deb Rozetked xabar berdi. Ushbu model 2024 yilda chiqqan birinchi versiyaga nisbatan ancha takomillashgan. Endi u jismlarning harakatini to‘g‘ri hisoblaydi, ob’ekt yaxlitligini saqlaydi va real xatolarga o‘xshash holatlarni ham tabiiy aks ettira oladi.
Model murakkab buyruqlarga aniq amal qiladi va turli uslublarni — kinostil yoki anime — yaxshi tushunadi. Yana bir yangilik — ovoz sinxronizatsiyasi: model endi dialoglar, fon tovushlari va tabiiy nutq yaratishga qodir.
Sora 2’daги “kameo” funksiyasi yordamida foydalanuvchilar o‘zlari yoki do‘stlarini qisqa video va ovoz yozuvi orqali videoga qo‘shishlari mumkin.
OpenAI shu bilan birga iOS uchun Sora ilovasini ham chiqardi. Ilova orqali videolar yaratish, boshqalarning ishlarini remiks qilish, lenta ko‘rish va kameodan foydalanish mumkin. Yosh foydalanuvchilar uchun nazorat mavjud, lenta esa ilhom va ijodiylikka yo‘naltirilgan.
Ilova hozircha AQSh va Kanadada faqat taklifnoma orqali ishga tushirilgan. Modeldan bepul, ammo cheklangan miqdorda foydalanish mumkin. ChatGPT Pro obunachilari esa yuqori sifatli Sora 2 Pro versiyasiga kirish huquqiga ega bo‘ladilar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!