Better Tomorrow Ventures (BTV) venchur jamg‘armasi o‘zining uchinchi fondi uchun 140 million dollar yig‘di, deb TechCrunch xabar berdi. Bu mablag‘lar asosan fintex sohasidagi erta bosqich loyihalarga yo‘naltiriladi.
Fond hammuassisi Sheel Mohnot’ning ta’kidlashicha, moliyaviy soha hanuzgacha to‘liq raqamli emas va bu katta imkoniyatlar yaratadi. “Global YAIM’ning 20 foizi moliyaviy xizmatlardan iborat, va ko‘plab operatsiyalar hali ham qo‘lda bajariladi,” dedi u.
BTV ilgari ham Chime, Klarna va Wealthfront kabi kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlagan. Hozirgi fond hisob-kitob (buxgalteriya) sohasiga alohida e’tibor qaratmoqda. Ayniqsa, sun’iy intellekt texnologiyalari bu sohada katta rol o‘ynashi kutilmoqda.
BTV hozirgacha Basis, Layer va InScope kabi uchta buxgalteriya startapiga sarmoya kiritgan. Shuningdek, Coast (transport to‘lovlari platformasi), Relay (naqd boshqaruvi xizmati) va Unit (bank xizmatlari platformasi) kabi loyihalar fond portfelida bor.
Uchinchi fond orqali BTV 30–35 ta kompaniyaga 500 mingdan 3,5 million dollargacha sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!