date

Khosla Ventures Ian Crosby'ning yangi sun'iy intellekt loyihasiga 10 million dollar tikdi

Khosla Ventures Ian Crosby'ning yangi sun'iy intellekt loyihasiga 10 million dollar tikdi

Bench Accounting kompaniyasining sobiq rahbari Ian Crosby buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish sohasiga qaytmoqda. Uning yangi Synthetic startapi inson aralashuvisiz moliyaviy hisobotlarni shakllantira oladigan to‘liq avtonom sun'iy intellekt buxgalterini yaratishni maqsad qilgan. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Mahsulot hali loyihalash bosqichida bo‘lishiga va texnologik imkoniyatlar borasida savollar tug‘dirishiga qaramay, startap 10 million dollar sarmoya jalb qildi. Moliyalashtirish raundiga Khosla Ventures boshchilik qildi, shuningdek, Basis Set Ventures va Shopify bosh direktori Tobias Lütke ham loyihaga sarmoya kiritdi.

Khosla Ventures hamkori Jon Chu ushbu qarorni izohlar ekan, ko‘pincha bahsli vaziyatlarda haqiqat jamoaviy fikrlash soyasida qolib ketishini ta'kidladi. U Parker Conrad'ning Zenefits'dan ketishi va keyinchalik Rippling'ni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yganini misol qilib keltirdi.

Ian Crosby 2021-yilda Bench direktorlar kengashi tomonidan ishdan bo‘shatilgan edi. O‘sha vaqtda u Brex'dan kelgan 250 million dollarlik xarid taklifini rad etgan va kompaniya moliyaviy qiyinchiliklarga yuz tutgan edi. Biroq, investorlar Crosby'ning o‘tmishdagi xatolaridan saboq olganiga va uning yangi g‘oyasi istiqbolli ekaniga ishonch bildirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Khosla Ventures Ian Crosby'ning yangi sun'iy intellekt loyihasiga 10 million dollar tikdi