date

Apple va Samsung foydalanuvchilari mukofot olishi mumkin

Apple va Samsung foydalanuvchilari mukofot olishi mumkin
Buyuk Britaniyada 2015–2024 yillarda Apple yoki Samsung telefonlarini sotib olgan 30 millionga yaqin foydalanuvchi kompensatsiya olishi mumkin. Iste’molchilarni himoya qiluvchi tashkilot Consumer Watchdog sudga da’vo berdi. Har bir foydalanuvchi taxminan £17 (21 $) olishi mumkin.

Da’voga ko‘ra, ba’zi yirik kompaniyalar Apple va Samsung‘dan telefon qismlari uchun ortiqcha narx talab qilgan. Bu telefon narxini oshirib, foydalanuvchilarga zarar yetkazgan. Sud jarayoni besh hafta davom etadi.

Agar Consumer Watchdog g‘alaba qozonsa, talab qilinadigan £480 million (592 million $) foydalanuvchilar o‘rtasida taqsimlanadi. Har bir foydalanuvchi taxminan £17 (21 $) oladi. Kompaniya ilgari bu ish “asosga ega emas” deb bayon qilgan.

Shu bilan birga, ba’zi yirik ishlab chiqaruvchilar boshqa mamlakatlarda ham shunga o‘xshash ishlar bilan yuzlashmoqda. Tashkilot bosh direktori Anabel Houltning so‘zlariga ko‘ra, sud iste’molchilarning yirik kompaniyalarni javobgarlikka tortish qudratini ko‘rsatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Apple va Samsung foydalanuvchilari mukofot olishi mumkin