date

X biznes va hukumatlar uchun alohida Premium xizmatlarni joriy qildi

X biznes va hukumatlar uchun alohida Premium xizmatlarni joriy qildi

Seshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘i Verified Organizations deb nomlangan, biznes va hukumatlar uchun mo‘ljallangan premium obuna xizmatiga o‘zgarishlar kiritdi, deb TechCrunch xabar berdi. Endi u ikkiga — Premium Business va Premium Organizations’ga ajratiladi. Premium Organizations davlat va xalqaro tashkilotlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sivoy rangli belgi bilan belgilanadi. Premium Business esa bizneslarning o‘sishiga yordam berish maqsadida ishlab chiqilgan va tilla belgiga ega bo‘ladi.

X ma’lumotiga ko‘ra, Premium Business kichik bizneslardan tortib, global kompaniyalargacha mo‘ljallangan. Uning Basic, Full Access va Enterprise kabi uch turi mavjud.

Premium Business orqali bizneslar ishonchlilikni oshirish, yangi mijozlarga yetishish va affiliate badges orqali ko‘rinishni kuchaytirishlari mumkin. Shuningdek, soxtakorlikdan himoya qilish, tezkor mijozlar xizmati va hayriyat funksiyalari ham mavjud.

Shu bilan birga, Premium Business tarmoqda kadr tanlash, brendingni kuzatish, SuperGrok’ka kirish va boshqa imkoniyatlarni ham taqdim etadi. Yaqin vaqtda ushbu obuna toifasida foydalanuvchilarga faol bo‘lmagan "priority handles" (ilg‘or nikneymlar) bekorga taqdim etiladi. Qimmatli nikneymlarni esa sotib olish mumkin bo‘ladi.

Basic toifa oyiga $200 (takriban 2,480,000 so‘m), Full Access $1000 (takriban 12,400,000 so‘m) turadi. Enterprise esa alohida shartlar asosida narxlanadi.

Premium Organizations uchun ham oylik to‘lov $1000 etib belgilangan.

Cheklangan vaqtda, obunachilar to‘langan mablag‘ni reklama krediti sifatida 100% qaytarib olishlari mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » X biznes va hukumatlar uchun alohida Premium xizmatlarni joriy qildi