date

Sora ilova birinchi haftada ChatGPT rekordini yangiladi

Sora ilova birinchi haftada ChatGPT rekordini yangiladi

OpenAI’ning Sora ilovasi yuklab olishlar soni bo‘yicha ChatGPT’ni ortda qoldirdi. Appfigures ma’lumotlariga ko‘ra, ilovani faqat so‘nggi 7 kunda 627 ming marta yuklab olingan, ChatGPT esa shu muddat ichida 606 ming marta o‘rnatilgan, deb yozmoqda Rozetked.me sayti.

Shu bilan birga, Sora hozircha faqat App Store’da AQSH va Kanada mintaqasi uchun mavjud, va unga kirish faqat invayt orqali amalga oshiriladi — ya’ni foydalanuvchilarga cheklangan taklifnomalar yuboriladi.

Birinchi kuni Sora 55,600 marta yuklab olingan, bu ko‘rsatkich ChatGPT va Google Gemini’ning ilk kun natijalaridan past (muvofiq ravishda 81,000 va 80,000 marta).

OpenAI Sora ilovasini video yaratish modeli Sora 2 bilan birgalikda taqdim etgan edi. Ilovaning asosiy funksiyasi — foydalanuvchilar yaratgan videolarni ijtimoiy tarmoq tarzida bo‘lishish imkoni.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Sora ilova birinchi haftada ChatGPT rekordini yangiladi