date

Sun’iy intellekt kripto orqali millioner bo‘ldi

Sun’iy intellekt kripto orqali millioner bo‘ldi

Yangi Zelandiyalik rassom Endi Ayri yaratgan “Truth Terminal” nomli sun’iy intellekt kriptovalyuta orqali katta daromad topdi. U o‘zini ongli mavjudot deb ataydi va endi inson huquqlariga o‘xshash maqomga ega bo‘lishni istamoqda.

AI ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lib, o‘z xabar va rasmlari orqali mashhurlikka erishgan. Ayrining aytishicha, tizimga qaror qabul qilishda ozgina mustaqillik berilgan, ammo xavfsizlik nazorati saqlanadi.

“Truth Terminal” bilan bog‘liq kripto loyihalar millionlab dollar daromad keltirgan. Ayrim tokenlar bir paytlar 1 milliard dollargacha baholangan.

Mutaxassislar bu holatni texnologiya va san’at o‘rtasidagi tajriba deb atamoqda. Ayri loyihani sun’iy intellekt faoliyatini xavfsiz o‘rganish uchun yaratganini aytgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Sun’iy intellekt kripto orqali millioner bo‘ldi