date

Intel Panther Lake arxitekturasini taqdim etdi

Intel Panther Lake arxitekturasini taqdim etdi

Intel kompaniyasi noutbuklar uchun yangi avlod arxitekturasi — Panther Lake ni taqdim etdi. Yangi seriya kompaniyaning so‘nggi yillardagi qator muvaffaqiyatsizliklaridan keyingi asosiy “qutqaruvchi” loyiha sifatida ta’riflanmoqda, deb yozmoqda Rozetked.me sayti.

Panther Lake protsessorlari birinchi marta Intel 18A texprotsessi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, kompaniya ularni uch xil variantda taklif etadi — har biri turli darajadagi energiya tejamkorlik va hisoblash quvvatiga mo‘ljallangan.

Eng qudratli model 16 ta CPU yadrosi, 12 ta Xe3 grafik yadrosi va 12 ta nurlarni trassirovkalash blokiga ega. Intel ta’kidlashicha, yangi arxitekturada energiya sarfi o‘rtacha 10% ga kamaygan, bu esa Lunar Lake avlodidan ancha tejamkor.

Shu bilan birga, 18A texprotsess tufayli chiplar 40% kamroq energiya sarflab, yoki xuddi shuncha sarf bilan 50% ko‘proq quvvat bera oladi. Yangi Intel Xe3 grafikasi esa 50% gacha yuqori samaradorlikka ega bo‘ladi.

Kompaniya, shuningdek, sheyderlarni bulutda oldindan kompilyatsiya qilish tizimini joriy etganini ma’lum qildi — bu o‘yinlar oldidan yuklanish vaqtini qisqartiradi.

Panther Lake protsessorlari hozirda ishlab chiqarishda bo‘lib, 2026-yilning birinchi yarmida sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Intel Panther Lake arxitekturasini taqdim etdi