23:24 / 26.12.2016
6 337

Yangi iPad’lar namoyishi kechiktirilishi mumkin

Yangi iPad’lar namoyishi kechiktirilishi mumkin

AQShning Apple kompaniyasi 10 nanometrli texnologiya asosida tayyorlanadigan prosessorlarni ishlab chiqarishdagi past ish koeffisienti tufayli navbatdagi iPad planshetlarining namoyishini kechiktirishi mumkin. Bu haqda Terabayt.uz sayti xabar berdi.

Yangi planshetlarning taqdimoti 2017 yilning mart oyiga rejalangan edi. Biroq 10 nm texnologiyasidagi chiplarni tayyorlaydigan TSMC (Taiwan Semiconductor Manufacturing Company) va Samsung kompaniyalari ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda.

TSMC 10 nanometrli Apple A10X chiplarini kelgusi yilning mart oyida yalpi tartibda ishlab chiqarishni boshlashi kerak edi, ammo past ish koeffisienti sabab ushbu grafik buzilganligi aytilmoqda.

Avvalroq paydo bo‘lgan xabarlarga ko‘ra, Apple 2017 yilda 9,7 va 12,9 dyuymli yangi iPad Pro, shuningdek, 7,9 dyuymli iPad mini va ingichka ramkali Home tugmasidan xoli 10,9 dyuymli iPad planshetlarini taqdim qilishi kutilayotgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yangi iPad’lar namoyishi kechiktirilishi mumkin