date

Samsung 445 million dollar jarimaga tortildi

Samsung 445 million dollar jarimaga tortildi
AQShda sud Samsung kompaniyasini boshqalarning g‘oyasidan ruxsatsiz foydalanganlikda aybladi. Sud qaroriga ko‘ra, kompaniya “Collision Communications” degan Amerika firmasiga 445,5 million dollar to‘lashi kerak.

“Collision Communications” bu ishni 2023-yilda sudga olib chiqqan edi. Ularning aytishicha, Samsung o‘z telefon va noutbuklarida ularga tegishli ba’zi simsiz aloqa texnologiyalarini ruxsatsiz ishlatgan.

Bu texnologiyalar aslida AQShdagi boshqa bir kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan, keyin esa “Collision Communications”ga o‘tgan. Samsung esa bu da’volarni rad etib, “bu g‘oyalar haqiqiy emas” deb hisoblaydi.

Sud qaroriga binoan, kompaniya katta miqdorda to‘lov qiladi. Biroq Samsung bu qarorga e’tiroz bildirishga haqli.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung 445 million dollar jarimaga tortildi