Germaniyaning BMW kompaniyasi 2017 yilda i8 gibrid kupesini restayling va modernizasiya qiladi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar qilmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, yangilangan modelda Formula E chempionatida qatnashgan elektr bolidning xavfsizlik tizimi qo‘llaniladi. Aslida, o‘sha poyga mashinasi ham i8 negizida barpo qilingan. 1,5 litrlik, uch silindrli ichki yonuv dvigateli hamda elektromotordan iborat agregat 362dan 377 ot kuchigacha kuchayadi.
Hozircha, ot kuchining ortishi uning dinamikasiga qanchalik ta’sir qilishi noma’lum. BMW i8 joyidan «yuz»ga 4,4 soniyada erisha oladi, uning eng yuqori tezligi soatiga 250 kilometrga etganida elektronika bilan cheklanadi.
Bundan tashqari, kupega litiy-ionli akkumulyatorlarning modernizasiya qilingan to‘plami o‘rnatiladi. Uning hajmi 7,1dan 10 kilovatt-soatgacha ortadi. Ammo, bu uning harakatlanish masofasini qanchalik uzaytirishi ham ma’lum qilinmagan. Va nihoyat, BMW i8 takomillashgan podveskaga ega bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!