O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari, Tojikiston va O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya hamraisi Rustam Azimov 27 dekabr kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Emomali Rahmon O‘zbekiston rasmiy davlat delegasiyasining Tojikistonga qilgan mazkur tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni bundan buyon rivojlantirish va chuqurlashtirish yo‘lida muhim qadam ekanini ta’kidladi.
Tojikiston rahbari O‘zbekistonning ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlarni qayta tiklashiga oid tashabbusini ijobiy baholashini aytib o‘tdi.
U tojik xalqi temir yo‘l uchastkalarini qayta tiklash, temir yo‘l orqali yuk tashish tariflarini pasaytirish, elektr energiya importi va eksportini tiklash, qishloq xo‘jalik sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, viza tizimini bekor qilish va yengillashtirish hamda chegara masalalarini hal qilishda munosabatlarning ijobiylashuvini qo‘llab-quvvatlashini qo‘shimcha qildi.
Uchrashuv davomida ikki mamlakatning iqtisodiyot, savdo-sotiq, transport va kommunikasiya, suv, energetika, madaniyat, chegaralar muhofazasi sohalaridagi hamkorlik rivoji bo‘yicha fikr almashildi.
Bundan tashqari, uchrashuvda mintaqa va dunyodagi harbiy-siyosiy vaziyat, shuningdek terrorizm, ekstremizm, narkotrafik hamda boshqa transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashni kuchaytirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi