Shvesiyaning Tefficient operatori statistikasiga ko‘ra, Finlyandiya smartfonlar eng ko‘p ishlatiluvchi davlat ekan. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
2016 yil 1-yarmida finlar Tefficient tomonidan tuzilgan, Evropa va Osiyoning 32 davlatidan iborat reytingda 2-o‘rinni egallagan Janubiy koreyaliklardan 2 marta ko‘proq mobil telefondan foydalanganlar. Bu vaziyatdan xavotirlangan Xelsinki sog‘liqni saqlash departamenti kichkina bolalar ota-onalarini ustuvor yo‘nalishlarini o‘zgartirishga chaqiruvchi kampaniyani boshladi. Ko‘plab ota-onalarning jahlini chiqargan videorolikda qora qarg‘a qizchaning onasi smartfonga tikilib o‘tirgan paytda, qizchani plyajdan olib ketadi. Undagi shior quyidagicha yangraydi: "Mas’uliyatsizlik – zamonaviy zo‘ravonlik". Bu bilan mualliflar ba’zi onalar farzandi bilan o‘ynash o‘rniga smartfon bilan haddan ko‘p vaqt o‘tkazishlarini, otalar esa umuman farzandlarining hayotida ishtirok etmasliklarini ta’kidlamoqchi bo‘lganlar.
Finlyandiyadagi eng yirik operator Elisa’ning vakili fikricha, finlyandiyalik ota-onalar o‘z o‘smir farzandlari izidan borib, ularning smartfonda ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklarni varaqlash yoki videoni ko‘rish odatlarini o‘zlashtirmoqdalar. Finlyandiyada 5,5 mln aholi bo‘lgan bir paytda mobil operatorlar tarif rejalariga ulanganlar soni 10,9 mlnni, ya’ni bir kishiga 2 tani tashkil qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi