
Toshkentda Motorola kompaniyasining Moto 360 smart-soati sotila boshladi. Bu haqda «Mobinfo.uz»'ga asoslanib "Daryo.uz" xabar bermoqda. Ushbu qurilma dunyoda 2014 yil sentyabridan sotuvga chiqqan bo‘lishiga qaramay, shu paytgacha u poytaxt bozorlarida ko‘rinish bermagan edi.
Motorola Moto 360 aylana shaklidagi 1,56 dyuymli va 320×290 pikselli displey, TI OMAP 3 prosessori, 320 mA/s sig‘imli akkumulyator, 512 Mb tezkor va 4 Gb ichki xotiraga ega. Soat Android Wear operasion tizimida ishlaydi.
Moto 360 smart-soatini poytaxtdagi «Fleshka» savdo majmuasida uch xil rangda 1,4 million so‘mdan xarid qilish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar