
2017 yilning bahor oylarida Windows 10 dasturining navbatdagi yangilanishi chiqarilishi kutilmoqda. Creators Update deb nomlanadigan ushbu versiyada maxsus o‘yin rejimi paydo bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda Terabayt sayti.
Dasturchilar gamemode.dll. fayllar yig‘indisida ushbu rejimga tegishli belgilarni aniqlashgan. Hozircha rejimning biror xususiyati haqida gapirishga erta. Ammo taxminlarga qaraganda o‘yin rejimi Xbox One pristavkasidagi texnologiya asosida ishlashi mumkin. Ushbu rejimda operasion tizim asosiy va grafik prosessorlar quvvatini o‘yinni samarali qayta ishlash uchun yo‘naltiradi. Natijada kadrlar chastotasi ortib, yuklash vaqti qisqaradi va umuman qurilmaning ishlash samaradorligi yaxshilanadi.
Mutaxassislar bunday rejim Windows 10 qurilmalarida turli o‘yinlar o‘ynashni yanada qulaylashtirishini qayd etishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar