
Samsung kompaniyasining yangi aqlli televizorlarida Google Chromecast servisiga o‘xshagan yangi funksiya paydo bo‘ladi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.
Yangi funksiya Samsung Smart View ilovasida ko‘zda tutiladi va bevosita smartfondan turli servislarda ochilgan onlayn videolarni jonli tarzda televizor ekraniga uzatishga xizmat qiladi. Hozirda Smart View ilovasi orqali telefon xotirasida saqlangan video, musiqa va rasmlarni televizorga uzatsa bo‘ladi.
Ushbu ilovaning iOS dasturi uchun chiqarilgan yangi versiyadan olingan skrinshotlar mazkur yangi imkoniyatdan darak bermoqda. Skrinshotlarda YouTube, Amazon Prime Video va Hulu kabi videoxosting ikonkalarini ko‘rish mumkin.
Bundan tashqari, ilova smartfondan distansion pult sifatida foydalanish imkoniyatini ham beradi. Bunday yangi funksiyaga ega televizorlar tez orada CES 2017 ko‘rgazmasida taqdim etilishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing