
Xarita Gavayidagi Xaleakala vulqoni cho‘qqisiga joylashtirilgan 1,8 metr diametrli va 1,4 gigapikselli Pan STARRS 1 (PS1) teleskopi yordamida yaratildi. Uning avtomatik qidiruv tizimi harakatlanayotgan va o‘z yorqinligini o‘zgartirayotgan ob’ektlarning barchasini aniqlaydi. Bir kechada u 500 ta surat tushiradi.
Yangi xaritaga to‘rt yil ichida olingan 500 mingta surat asos bo‘ldi. Unda uch milliard sayyora, yulduz va galaktika aks etdi. Xarita ikki petabayt hajmiga ega — bu yuzlab Wikipedia ensiklopediyalari yoki milliardlab selfi-suratlar hajmiga teng. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar