17:57 / 15.01.2017
5 758

Apple kompaniyasi HBO va Netflix seriallaridan o‘zib ketmoqchi

Apple kompaniyasi HBO va Netflix seriallaridan o‘zib ketmoqchi

So‘nggi o‘n yillik ichidagi eng yaxshi serial bo‘lishi kutilayotgan «Yovvoyi G‘arb olami» (Westworld) serialining raqobatchisi paydo bo‘lishi mumkin. Mish-mishlarga ko‘ra, Apple HBO va Netflix seriallaridan o‘zib ketmoqchi, deb yozadi «Daryo».

Apple nafaqat gadjetlar va dasturlar, balki ular uchun servislarni ham yaratadi. Kompaniya Farrell Uilyams uchun kliplar, Teylor Svift uchun konsertli film, «808» hujjatli filmini va Carpool Karaoke ko‘ngilochar shousini suratga oldi. Apple tez orada Planet of the Apps («Dasturlar sayyorasi») va Vital Signs («Hayotiy muhim belgilar») seriallarini chiqarishi ma’lum.

Insayderlar ta’kidlashicha, Apple bundan ham uzoqroqqa boradi: u seriallar bozorida HBO va Netflix’ni ortda qoldirmoqchi. Kompaniya «Yovvoyi G‘arb olami» va «Juda g‘alati ishlar» (Stranger Things) ilmiy-fantastik seriallaridan ham ommaboproq bo‘ladigan serialli blokbasterni chiqarishga qodir.

Apple 2017 yilda oldindan e’lon qilinmagan serialni chiqarishi mumkin. Ehtimol, kontent Apple Music yoki faqat iOS uchun mo‘ljallangan boshqa servis obunachilari o‘rtasida tarqatilishi mumkin. U holda Apple seriallarini faqat iPhone, iPad yoki Apple TV orqali qonuniy tarzda ko‘rish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple kompaniyasi HBO va Netflix seriallaridan o‘zib ketmoqchi