2014 yilning kuzida Android operasion tizimini ishlab chiquvchilar jamoasiga rahbarlik qilgan Endi Rubin Google kompaniyasini tark etishga qaror qilgan edi, deb yozadi «Daryo» nashri.
2015 yil oxirida Endi Rubin Android bazasidagi yangi qurilmani taqdim etib, smartfonlar bozoriga qaytish niyatida ekanligi ma’lum bo‘lgan edi.
Endi esa Rubin Essential Products kompaniyasiga asos solgani, u haqiqatan ham yangi smartfon ustida ishlayotgani aniq bo‘ldi. Bundan tashqari, kompaniya mobil qurilmalar bozori va «aqlli» uy uchun qurilmali echimlar bilan shug‘ullanadi. Essential Products’da bor-yo‘g‘i 40 kishi ishlaydi, kompaniya tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan savdo belgilari orasida smartfonlar, planshetlar, mobil qurilmalar uchun aksessuarlar va operasion tizimlar tilga olinadi.
Manbalar romsiz dizayn hamda aksessuarlar yordamida qurilma funksionalligini kengaytirish imkoniyatiga ega premium smartfonni alohida qayd etmoqda. Bunda gap modulli smartfon haqida bormoqda, uning qo‘shimcha aksessuarlari magnitli tutqichlar yordamida mahkamlanadi. Aksessuarlar nafaqat qurilmaning funksionalligini kengaytiradi, balki qo‘shimcha quvvat manbalari ham bo‘ladi.
Qurilma yil o‘rtalarida taqdim etilishi kerak, uning narxi zamonaviy premium smartfonlar darajasida bo‘ladi, uni ishlab chiqarish bilan Foxconn shug‘ullanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi