Janubiy Koreya respublikasi sudi Samsung Electronics vise-prezidenti Li Chje Yonni hibsga olish uchun order berish talabini rad etdi. Li Chje Yon mamlakatning ishonchsizlik bildirilgan prezidenti Pak Kin Xe atrofidagi korrupsiya mojarosiga doir ishda gumonlanuvchilardan biri sifatida qatnashmoqda, deb xabar qilgan Kun.uz sayti.
O‘tgan haftada respublika prokuraturasi 22 soat mobaynida kompaniyaning amaldagi rahbari hisoblangan Li Chje Yonni so‘roq qilgan edi. Sud xabarida aytilishicha, hakam tergov materiallari bilan to‘liq tanishib chiqqach, Samsung bosh menejerini hibsga olish bo‘yicha asos ko‘rmagan.
Li Chje Yon, 2015 yilda Samsung kompaniyasining Germaniyada ro‘yxatdan o‘tgan firma bilan 18 mln dollardan ortiq mablag‘ga teng shartnoma imzolashiga izn bergan. Germaniya firmasi aslida, Koreya prezidenti Pak Kin Xening dugonasi Soy Sun Silga tegishli bo‘lgani aytiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi