
Apple korporasiyasi o‘z qurilmalariga chip ishlab chiqaruvchi Qualcomm kompaniyasi ustidan sudga shikoyat qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz sayti. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Qualcomm uyali telefonlarda eng muhim qismlardan biri bo‘lgan modullovchi chiplar ishlab chiqaruvchi sifatida bozordagi etakchiligidan foydalangan.
Da’vo arizasida Qualcomm Apple’ga chip etkazib beruvchi boshqa kompaniyalarni qidirishga to‘sqinlik qilgani va o‘z patentlaridan foydalanish uchun lisenziyalar berilishiga juda katta haq talab qilgani aytilgan.
Bundan tashqari, Qualcomm o‘z mahsulotini Apple’ga boshida imtiyozli shartlarda sotgan, biroq keyin bu chegirmalarni bekor qilgan. Imtiyozlarning bekor qilinishi Apple kompaniyasi Qualcomm’ning lisenziya berish amaliyoti bo‘yicha tergov o‘tkazayotgan Janubiy Koreya tartibga soluvchi idoralari bilan hamkorlik qila boshlangandan keyin qabul qilingan.
Apple Qualcomm’dan imtiyozlar bekor qilinishi oqibatida ko‘rgan 1 mlrd dollarlik zararni qoplab berishni talab qilmoqda.
AQSh Federal savdo komissiyasi 17 yanvarda Qualcomm ustidan sudga da’vo ariza bergan. Komissiya kompaniyani chiplarga monopoliyani saqlab qolishga qaratilgan noqonuniy harakatlarni amalga oshirishda ayblamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar