14:21 / 24.01.2017
5 631

Britaniyalik maktab o‘quvchisi saytini 5 mln funtga sotmadi

Britaniyalik maktab o‘quvchisi saytini 5 mln funtga sotmadi

Buyuk Britaniyalik Muhammad Ali ismli maktab o‘quvchisi bozordagi taklifni taqqoslab, maqbul narxlardagi mahsulotni topa oladigan saytni ishlab chiqdi. Yorkshir grafligidagi o‘quvchiga loyihani amalga oshirishda biznes bo‘yicha 60 yoshli hamkori Kris Torp (Chris Thorpe) yordam beradi. O‘smirning so‘zlariga ko‘ra, u muddatidan avval startapining barcha tafsilotlarini oshkor qilishni xohlamaydi, biroq, dunyoda o‘xshashi yo‘qligiga ishonchi komil.

“Londonlik investorlar men bilan 2016 yil yil dekabrida uchrashishdi. Ular ma’lumotlarni qayta ishlash sohasida faoliyat yuritishgani bois, saytni men tuzganimga ishonishmadi”, - deydi weneed1 saytining asoschisi Muhammad Ali.

Biroq, Alining so‘zlariga ko‘ra, u saytni sotish bo‘yicha taklifni rad etgan. Uning aytishicha, londonliklar unga 5 million funt (6 mln 200 ming dollar) taklif qilishgan. Ammo, kelajakda bu sayt ancha qimmat turishi sabab, sotishdan bosh tortgan, deb yozadi Kun.uz sayti.

Ali katta pulni rad etganda nima bilan tavakkal qilayotganini yaxshi tushungan. Biroq, u ilk imkoniyatdayoq texnologiyani sotishni emas, balki 2017 yil yanvarining oxirigacha, saytning to‘liq namunasini ishga tushirishni rejalashtirgan.

“Biz haqiqatdan ham hozircha raqobatchisi bo‘lmagan katta loyihani barpo qilayapmiz. Bizning mahsulot Bloomberg kabi mablag‘ni tejash bo‘yicha ekspert bo‘ladi”, - deya ishonch bildiradi Muhammad Ali.

Shu bilan birga, 2016 yili Ali videoo‘yinda 30 ming funt sterling ishlashga erishgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yotoqxonasida YouTube saytida videolavhalarni tomosha qilib, sohaga doir adabiyotlarni o‘qib kodlarni yozishni o‘rgangan.

Alining ta’kidlashicha, bir vaqtlar uning kompyuter qarshisida ko‘p vaqtini sarflayotganidan shikoyat qilgan onasi, endilikda, u bilan faxrlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Britaniyalik maktab o‘quvchisi saytini 5 mln funtga sotmadi