Apple korporasiyasi AQShning aloqa bo‘yicha federal komissiyasida Bluetooth va NFC simsiz interfeyslarini qo‘llab-quvvatlovchi noma’lum qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda MacRumors portaliga tayanigan holda Kun.uz xabar bermoqda.
Komissiya A1846 model raqamiga ega qurilmani sertifikatlashtirgan. Nashrning ta’kidlashicha, kompaniyaning mavjud qurilmalaridan birortasi bu raqamga mos emas. Arizada qurilma 100 dan 700 milliampergacha va 5,5 dan 13,2 voltgacha tok iste’mol qilishi, bu esa Apple TV telepristavkasi (920 milliamper va 12 volt) ko‘rsatkichlariga mos kelishi ko‘rsatilgan.
Biroq tahlilchilarning fikricha, qurilma kompaniyaning chakana do‘konlari uchun mo‘ljallangan. Bu bevosita yaqin orada joylashgan iOS-qurilmalar bilan ishlashga imkon beradigan iBeacon texnologiyasiga mo‘ljallangan mahsulot bo‘lishi mumkin.
Bu qurilma Apple’ning oxirgi vaqtda komissiyada ro‘yxatdan o‘tkazgan ikkinchi qurilmasidir. 2016 yil sentyabrda korporasiya A1844 model raqamli gadjetni sertifikatlashtirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi