Ommabop WhatsApp messenjeri ishlab chiquvchilari mobil dasturni yangilashga kirishdi, endi unda oflayn-rejim, xotira menejeri funksiyalari va bir martada 30 ta fayl yuborish imkoniyati paydo bo‘ldi, deb yozadi «Daryo».
Oflayn-rejim internet-aloqasi mutlaqo yo‘q paytida ham suhbatdoshga javob yozish imkonini beradi. Yuborilgan xabar barqaror internet signali paydo bo‘lgach, darhol etkaziladi.
Bundan tashqari, endi foydalanuvchilar dastur egallagan «hudud»ni nazorat qilishning maxsus rejimiga ega bo‘ldi, uni menyuning «Sozlamalar»→«Ma’lumotlar va omborxona»→«Omborxona» bo‘limlari orqali topish mumkin. Bu erda har bir dialog bo‘yicha batafsil statistikani — fotosuratlar, audioxabarlar, hujjatlar hajmini ko‘rish mumkin.
Shuningdek, ishlab chiquvchilar xabarga ilova qilinadigan multimediali fayllarning maksimal sonini ko‘paytirdi. Endi bitta xabarga 30 tagacha fotosurat yoki videoyozuv biriktirish mumkin (bungacha 10 ta edi). “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?