
Google’ning ilg‘or sun’iy intellekt tizimi — Gemini uchun o‘zbek tili rasman faollashtirilgani mamlakat raqamli sohasi uchun yangi bosqichni belgiladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Toshkentda o‘tgan “Sun’iy intellekt davrida yetakchilik: strategiya va innovatsiya” nomli panel yig‘inida muhim yangilik oshkor etildi. Tadbir ishtirokchilari orasida bo‘lgan Google Cloud’ning hukumat siyosati va davlat tuzilmalari bilan hamkorlik bo‘yicha rahbari Marina Junich Gemini endi o‘zbek tilida to‘liq ishlay boshlaganini ta’kidladi.
Uning fikricha, ushbu qadam O‘zbekistonda AI ekotizimini tubdan rivojlantirib, mahalliy dasturchilar, startaplar, tadbirkorlar va keng jamoatchilik uchun sun’iy intellektdan ona tilda foydalanish imkoniyatini ochadi. Ya’ni, endilikda Gemini orqali ta’lim, biznes, ijod va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi yechimlar yanada ommalashishi mumkin.
Yig‘inda shuningdek, mamlakatning raqamli transformatsiya yo‘nalishidagi harakatlari, sun’iy intellektdagi jahon tendensiyalari va xalqaro sheriklik imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, shundan avval OpenAI va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik doirasida ta’lim tizimiga ChatGPT EDU platformasini joriy etish rejasi ham e’lon qilingandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.