iPhone ishlab chiqaruvchi kompaniya velosiped tayyorlashni boshlaydi

iPhone ishlab chiqaruvchi kompaniya velosiped tayyorlashni boshlaydi
iPhone ishlab chiqaruvchi kompaniya velosiped tayyorlashni boshlaydi

Xitoyda velotsipedlar ijarasi bilan shug‘ullanadigan Mobike startapi uchun iPhone ishlab chiqaruvchi Foxconn kompaniyasi velotsipedlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yadi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.

Buning natijasida Mobike bir yilda 10 mln velotsipedni foydalanishga topshirishga muvaffaq bo‘ladi. Ushbu miqdorning 5,6 millioni Foxconn fabrikalarida ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, tayvanlik mazkur gigant velotsipedlarning dizaynini yaratishda ham qatnashadi. Mobike velotsipedlarning ma’lum qismini Singapurga eksport qilishni rejalashtirgan.

2015 yilda asos solingan Mobike startapi velotsipedlarni qulay usulda ijaraga berish bilan daromad ko‘radi. Ijarachi smartfon orqali bo‘sh velotsipedni qulfdan chiqarib, ijarani rasmiylashtirishi mumkin. Mazkur servis Xitoyda yaxshi ommalashgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar