Smartfon «og‘irlashib», chala ishlab, orada o‘chib qolib… xullas, ishkal qilib yurgan bo‘lsa, uning sozlamalarini dastlabki holatiga qaytarish kerak bo‘ladi. Bu bilan undagi muammolarning 90 foizi hal bo‘ladi, deb yozadi Terbayt.uz sayti.
Xo‘sh, Android tizimli qurilmalarning sozlamalarini dastlabki holatiga qaytarish qanday amalga oshiriladi?
Buning uchun avvalo uning sozlamalari – «Nastroyki»ni ochamiz.
U erdan «Rezervnoe kopirovanie i sbros»ni tanlaymiz, bu bo‘limda qurilma sozlamalarining zaxira nusxasini yaratish va ularni dastlabki holatiga qaytarish funksiyalari mavjud.
Shu erdan «Sbros nastroek»ni tanlaymiz.
Ko‘rib turganingizdek, bu erda boshqa funksiyalar ham bor, biz faqat «Sbrosit nastroyki»ni bosamiz. Qurilmangiz o‘chib-yonadi va sozlamalari xuddi zavoddan yangi chiqqan paytidagidek bo‘lib qoladi.
Diqqat! Sozlamalarni ilk holatiga qaytarishdan oldin, ularni Google akkauntingiz orqali sinxronizasiya qilib qo‘ying. Keyin esa, sozlamalari yap-yangidek bo‘lib qolgan qurilmangizga o‘sha akkauntingizni kiritib, yana sinxronlashingiz mumkin.
Shuningdek, bu jarayonni boshlashdan avval, har ehtimolga qarshi, uning doimiy xotirasidagi barcha fayllaringizni kompyuterga ko‘chirib olib qo‘yish ham zarar qilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi