
XDA forumi foydalanuvchilari OnePlus 3T va Meizu Pro 6 smartfonlari unumdorlik testidan o‘tishda natijalarni yaxshilash uchun prosessorni yuqori takt chastotasida ishlashga majbur qilishini aniqladi, deb yozadi «Daryo».
Tashabbuskorlar smartfonlarga benchmark nusxasini kiritdi, ammo uni boshqa dastur niqobi ostiga yashirishdi. Bu qurilma faqat unumdorlik testlarida takt chastotasini oshirishini isbotladi. Natijalardagi farq katta emas — bor-yo‘g‘i 10 foiz. OnePlus 3’dagi prosessor esa 48 darajagacha qizib ketdi. «Maxfiy» benchmarkda esa harorat 45 darajadan oshmagandi.
Bundan kelib chiqadiki, boshqa dasturlarda OnePlus va Meizu flagmanlari to‘liq quvvat bilan ishlamaydi. Ammo OnePlus kompaniyasi ularning flagmani o‘yinlarda maksimum darajada ishlashini, benchmarklarda takt chastotasi oshib ketishi esa xatolik ekanligini aytdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing