Bundan bir necha hafta muqaddam yangi versiyadagi Samsung Galaxy J7 (2017) modelining suratlari va render videosi internet tarmog‘ida paydo bo‘lgan edi.
Kuni kecha esa GFxBench benchmarkida ushbu smartfonga tegishli ayrim texnik parametrlar oshkor bo‘ldi, deb xabar bermoqda Terabayt sayti.
Qurilmaga bir kristalli Exynos 7870 prosessori o‘rnatiladi. Samsung tomonidan tayyorlanadigan mazkur chipsetlar hozircha o‘zini faqat yaxshi tarafdan namoyon qilib kelmoqda. Model 2 GB tezkor va 16 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Eng qizig‘i, qurilmaga Full HD ekran emas, balki HD formatidagi ekran joylanadi. Qurilmaning 2016 yilda chiqarilgan versiya ham aynan mana shunday formatli ekran bilan jihozlangan. Displeyning diagonali 5,5 dyuymni tashkil etadi. Model Android Nougat versiyasida faoliyat ko‘rsatishi ma’lum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin