20:28 / 04.02.2017
6 414

Xiaomi Mi 5C fevral oyida namoyish etilishi mumkin

Xiaomi Mi 5C fevral oyida namoyish etilishi mumkin

Xiaomi kompaniyasiga tegishli korxonalarning biri tomonidan yaratilgan Pinecone prosessori bilan jihozlanadigan Xiaomi Mi 5C fevral oyida namoyish etilishi kutilmoqda, deb yozmoqda Terabayt sayti IHS Technology rahbari Kevin Van ma’lumotlariga tayanib.

Vanning ma’lum qilishicha, yangi modelga sakkiz yadroli yuqorida nomi keltirilgan chipset (Cortex-A53+Cortex-A73), 5,5 dyuymli Full HD ekran, 3 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira o‘rnatiladi.

Qurilmagan joylanadigan kameralarning aniqligi 12/8 Mp. U Android 6.0 bazasida yaratilgan MIUI 8 interfeysida ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi fevral oxirida Barselona (Ispaniya) shahrida bo‘lib o‘tadigan MWC 2017 ko‘rgazmasida ishtiroq etishni rejalashtirmagan. Shu bois Xiaomi Mi 5C tez orada omma e’tiboriga havola etilishi ehtimoldan xoli emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi Mi 5C fevral oyida namoyish etilishi mumkin