
Google korporasiyasi Android dasturiy ta’minotining yangi versiyasini yaratmoqda, deb yozadi Kun.uz.
The Verge nashrida yozilishicha, Android M dasturi haqidagi axborot Google I/O konferensiyasi sessiyalaridan birining tavsifida berilgan. Ammo keyinchalik ushbu ma’lumot saytdan o‘chirib tashlangan.
Konferensiya 2015 yilning 28 may kuni boshlanadi. Tizimga yangi nom berilganiga qaraganda, u 6.0 raqamini olishi mumkin.
Tizimning ilgarigi versiyasi – Android L 2014 yildagi Google I/O konferensiyasida taqdim etilgan edi. Shuningdek, u Lollypop (xo‘rozqand) nomi bilan ham yuritiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar