
FastCompany ekspertlari fikricha, navbatdagi iPhone o‘z «akalari»dan ancha qimmatroq turishi mumkin. Uning narxi 1000 dollardan oshadi, deb yozadi «Daryo».
Apple’ga yaqin manbalariga tayangan holda, ekspertlar navbatdagi iPhone inqilobiy dizayn va yangi, ancha qimmat komponentlarga ega bo‘lishini ta’kidladi. Narxga eng ko‘p 5,8 dyuymli OLED-ekranning o‘rnatilishi, shuningdek, simsiz quvvat olish funksiyasi ta’sir o‘tkazadi.
Apple’ning eng qimmatbaho smartfoni u haqda tarqalib ketgan ma’lumotlarda iPhone X deya tilga olingan. U 4,7 dyuymli iPhone 8 va 5,5 dyuymli 8 Plus bilan birga chiqarilishi kutilmoqda, ammo ular biroz pastroq narxda bo‘ladi.
iPhone X, shuningdek, ichki 3D-sensor bilan jihozlanadi. Datchik avtorizasiya, fotoportretlar sifatini yaxshilash yoki to‘ldirilgan reallik texnologiyasini amalga oshirish uchun qo‘llanilishi mumkin.
Bundan tashqari, iPhone X alyuminiy emas, shisha korpusda chiqarilishi mumkin. Smartfon korpusi zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanadi, degan versiya ham bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar