17:43 / 11.02.2017
4 991

LG G6 dizayni oshkor bo‘ldi

LG G6 dizayni oshkor bo‘ldi

LG kompaniyasi MWC 2017 ko‘rgazmasida o‘zining flagman smartfoni – LG G6’ni taqdim etishi rejalashtirilgan. Taqdimot sanasi ma’lum – 26 fevral. Qurilmaning o‘zi haqidagi ma’lumotlar esa, odatga ko‘ra, sir saqlanadi. Biroq yana bir «yaxshi» an’ana bor – shu sir tutilgan ma’lumotlardan kimlardir xabar topib, internetda tarqatishadi. Garchi bu xabarlarning ayrimlari noto‘g‘ri ekanligi keyinchalik ma’lum bo‘lib qolsa-da, aksariyati haqiqat bo‘lib chiqadi.

Jumladan, «sizib chiqqan» ma’lumotlarga ko‘ra, LG G6 dizayni o‘ziga xos. Uning ekrani o‘zgacha – tomonlari nisbati 2:1 tarzida bo‘ladi, deb yozadi Terabayt sayti.

Janubiy Koreya gigantining bir bo‘limi – LG Display’dan ma’lum qilishlaricha, LG G6 ekranining diagonali 5,7 dyuym, tasvir aniqligi esa 2880x1440 pikselga teng bo‘ladi. Ekran atrofidagi gardish (ramka) juda ingichkaligi evaziga, qurilma old panelining 90 foizdan ko‘proq qismini ekran egallaydi. Albatta, bu sizga gardishsiz Xiaomi Mi Mix emas, ammo LG G6 modelida ekran ostidagi qism ham tepa qismidan salgina qalinroq, xolos.

2017 yilgi flagman modulli (ya’ni, qismlari olinadigan, ta’bga ko‘ra shakli o‘zgartiriladigan) smartfon bo‘lmaydi – kompaniya bunday konstruksiyadan voz kechishga qaror qildi. Uning korpusi shisha va metalldan yasalgan bo‘lib, chang va nam kirishidan himoyalangan. Unda quloqchinlar uchun 3,5 millimetrli tirqish mavjud.

Smartfon yangi Snapdragon 835 prosessori asosida ishlaydi. Shuningdek, uning orqa panelida barmoq izi skaneri hamda qo‘shaloq kamerasi bo‘lishi ham ma’lum.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda ayni shu taqdimotda namoyish etilishi mo‘ljallangan Samsung Galaxy S8 qurilmasining ham ko‘p sirlari ochilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » LG G6 dizayni oshkor bo‘ldi