date

Exodus loyihasi Bioware veteranlari qo‘lida qolmoqda

Exodus loyihasi Bioware veteranlari qo‘lida qolmoqda

Mass Effect’ning “ma’naviy vorisi” sifatida tilga olinayotgan Exodus atrofidagi muxlislar Archetype Entertainment rahbari Jeyms Ollen studiyani tark etgani haqidagi xabardan so‘ng xavotirga tushdi. Bu haqda playground.ru xabar beradi.

Bu xavotirlar kuchaygach, Ollen jamoatchilikka murojaat qilib, loyiha “juda ishonchli qo‘llarda” ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, ishlab chiqish jarayonini tajribali mutaxassislar, jumladan BioWare’dan chiqqan, Mass Effect ustida ishlagan veteranlar davom ettirmoqda.

Ollen ketish qarorini o‘tgan yozdayoq qabul qilganini va bunga “kasbiy kuyish”ning oldini olish istagi sabab bo‘lganini aytdi. AAA darajadagi o‘yinlar yaratishda olti yildan ortiq vaqt biznes va ijodiy mas’uliyatni birgalikda ko‘tarib kelgan u endi “estafetani topshirish vaqti keldi” deya izoh berdi.

Shu bilan birga, u bu qaror Hasbro bilan to‘liq kelishilgan holda amalga oshganini, jamoa bilan munosabatlari yaxshi ekanini va brendga aloqador loyihalarda kreyativ maslahatchi sifatida hamon ishtirok etishini qayd etdi.

Rahbariyatdagi o‘zgarishlarga qaramay, Exodus’ning asosiy poydevori o‘zgarmagani aytilmoqda: syujet va o‘yin olami ustidan hanuz Dryu Karpishin nazorat olib bormoqda. U Mass Effect’ning dastlabki ikki qismi hamda Star Wars: KOTOR bilan tanilgan ssenariynavis hisoblanadi.

Ollen, shuningdek, loyihani u o‘nlab yillardan beri ishonib keladigan professionallar boshqarishini, ular orasida studiya hammuassisi Jessi Skay ham borligini ta’kidladi.

Exodus premyerasi 2027 yil boshiga mo‘ljallangan. Loyiha yaratish jarayonida aktyor Mettyu Makkonaxi ham ishtirok etayotgani avvalroq ma’lum qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Exodus loyihasi Bioware veteranlari qo‘lida qolmoqda