Fallout New Vegas uchun kommunistik Vault 24 modi tayyorlanmoqda

Fallout: New Vegas uchun modlar muallifi sifatida tanilgan yutuber Chad Nobark Amazon’ning Fallout seriali 2-mavsumi 1-qismida ko‘rsatilgan 24-Ubeshishe (Vault 24)dan ilhomlangan yangi mod — Vault 24 uchun treylerni taqdim etdi. Bu haqda playground.ru xabar beradi.
Serial voqealarida Lyusi va G‘ul Moxave hududidagi 24-Ubeshishga borib, Lyusining otasi hamda ikkinchi mavsumning asosiy qarama-qarshi qahramoni bo‘lgan Henk Maklinni izlaydi. Ular bu yerda Vault-Tek tajribasi oqibatida bosh miyasi “yuvilgan” aholi maxsus chiplar orqali kommunistlarga aylantirilganini bilib olishadi — chiplarni esa mister Haus ishlab chiqqani aytiladi.
Modda esa o‘yin qahramoni — Kuryer — NCR iltimosiga ko‘ra g‘oyib bo‘lgan jangchilarni qidirib 24-Ubeshishga yo‘l oladi. Biroq u yerda o‘zini kommunist deb bilishga majburlangan, ongiga ta’sir o‘tkazilgan odamlar bilan to‘qnash keladi. Treylerdan ko‘rinishicha, loyiha uchun sun’iy intellekt yordamidagi ovozlashtirish ham qo‘llanadi; muallif mod serialdagi epizodni erkin talqinda qayta hikoya qilishini ta’kidlaydi.
Qizig‘i shundaki, Vault 24 qandaydir ko‘rinishda asl Fallout: New Vegasda ham paydo bo‘lishi kerak bo‘lgan, biroq ishlab chiqish jarayonida kontent kesib tashlangan. Shunga qaramay, o‘yin fayllarida 24-raqamli ubeshishe kombinezoni saqlanib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, Chad Nobark avvalroq ham xuddi shu epizoddan ilhomlanib, Fallout: New Vegasga “burga bozoridagi sho‘rva” sotuvchisini qo‘shadigan mod chiqargan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!