date

Fallout London uchun Last Orders 2026 yil boshida chiqadi

Fallout London uchun Last Orders 2026 yil boshida chiqadi

Fallout London global modifikatsiyasi mualliflari Last Orders nomli ikkinchi yirik qoʻshimcha ustida ishlayotganini ma’lum qildi. Bu haqda playground.ru xabar beradi.

Loyiha rahbari Din Karter aytishicha, asosiy ishlab chiqish bosqichi deyarli yakunlangan: hozir jamoa kontentni sinovdan o‘tkazish va yakuniy sayqallash ishlariga e’tibor qaratgan. Biroq aniq sana hozircha ochiqlanmayapti — avvalgi Rabbit and Pork qoʻshimchasi tajribasi test va polishing kutilganidan ko‘proq vaqt olishi mumkinligini ko‘rsatgan.

Last Orders’ning hikoyasi hamda o‘yin mexanikalari haqida hozircha batafsil ma’lumot berilmadi. Team FOLON keyinroq qo‘shimcha tafsilotlarni ulashishini, shuningdek kelajak rejalari haqida ham gapirishini aytmoqda — ular modlar yaratishdan boshlab mustaqil o‘yinlar ishlab chiqish bosqichiga o‘tishga umid qilmoqda.

Last Orders qoʻshimchasini 2026 yilning birinchi choragida chiqarish rejalashtirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Fallout London uchun Last Orders 2026 yil boshida chiqadi