date

Sony o'yinchilarga AI “arvoh” yordamchisini patentladi

Sony o'yinchilarga AI “arvoh” yordamchisini patentladi

Sony videoo'yinlarda o'yinchiga ko'mak beradigan yangi texnologiya uchun patent oldi. G'oya markazida “AI-arvoh” deb atalgan sun'iy intellekt yordamchisi turadi. Bu haqda playground.ru xabar beradi.

Patent tavsifiga ko'ra, murakkab vaziyatlarda — masalan, boshqotirma yechimi tiqilib qolsa yoki boss bilan jang og'irlashsa — qahramon yonida uning yarim shaffof nusxasi paydo bo'lishi mumkin. Sun'iy intellekt boshqaradigan bu “arvoh” yechimni ko'rsatib berishi, hatto kerakli harakatlarni o'yinchi o'rniga bajarib qo'yishi ham ehtimoldan xoli emas.

Ariza 2024 yil sentabrida topshirilgan bo'lsa-da, ommaviy axborot vositalari bunga faqat yanvar boshida — tegishli hisobot e'lon qilingach — jiddiy e'tibor qaratdi.

VGC eslatishicha, patent ro'yxatdan o'tgani bu funksiyaning yaqin orada o'yinlarda paydo bo'lishini kafolatlamaydi. Kompaniyalar ko'pincha kelajak uchun turli g'oyalarni “zaxira” sifatida patentlab qo'yadi, ammo ularni darhol amaliyotga joriy etish rejasiga ega bo'lmasligi mumkin.

Shu bilan birga, internetda bu yechim o'yinchini zerikarli grinddan “qutqarish” haqida kinoyali munozaralarga ham sabab bo'ldi: go'yoki yordamchi nafaqat murakkab joydan o'tkazadi, balki o'yinni oxirigacha ham o'zi tugatib beradigan “let's play” funksiyasiga aylanib qolishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Sony o'yinchilarga AI “arvoh” yordamchisini patentladi