PEGI bazasida Life is Strange Reunion sahifasi topildi

Internetda Life is Strange seriyasining navbatdagi ehtimoliy loyihasi haqida gap-soʻzlar kuchaydi: Yevropaning PEGI reyting tizimi bazasida Life is Strange: Reunion nomli, hozircha rasman e’lon qilinmagan o‘yin sahifasi payqalgani aytilmoqda. Bu haqda playground.ru xabar beradi.
Oqib chiqqan tavsifga ko‘ra, yangi loyiha Makss Kolfild hikoyasining bevosita davomiy qismi bo‘lishi va franshizaning muhim qahramonlaridan biri — Xloya Prayzni yana sahnaga qaytarishi mumkin.
Syujetda Xloya yaqinda chiqqan Double Exposure o‘yinidan tanish bo‘lgan Kaledon universitetiga keladi. Uni dahshatli tushlar va izoh berib bo‘lmaydigan xotiralar ta’qib qiladi, shu sabab u eski dugonasidan yordam izlaydi.
Bu paytda Makssning o‘zi ham og‘ir holatda: u atigi uch kun ichida kampusni yakson qilishi mumkin bo‘lgan halokatli yong‘inni to‘xtatishga urinadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda esa ayrim muxlislar franshiza haddan tashqari “cho‘zilib ketayotgani”ni tanqid qilib, asl o‘yindan keyin seriyada chinakam kuchli ishlar kam bo‘lganini eslatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!