WhatsApp messenjerida o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘luvchi matnlarni namoyish qiluvchi funksiya paydo bo‘ldi. U aloqa nomi yonidagi avvalgi matnlarni almashtiradi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Yangi funksiya foto va videolarni suratlar, matn va smayliklar bilan bezash hamda ularni e’lon qilish imkonini beradi. Yozuv yangi Status nomli qo‘shimcha sahifada joylashadi. Uni foydalanuvchining do‘stlari 24 soat mobaynida ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Shu bilan birga, alohida ta’kidlanishicha, WhatsApp ilovasining o‘zi yo‘q bo‘luvchi matnlar funksiyasi shaxsiylik sozlamasiga ega. Foydalanuvchining o‘zi do‘stlaridan kimlar yangi statusni ko‘ra olishi mumkinligini belgilaydi.
Yaqin orada ushbu funksiya bilan bog‘liq yangilanish Android, iOS va Windows Phone platformalari uchun chiqariladi.
Snapchat tarmog‘ining eng ommabop funksiyalaridan birini 1,2 mlrd kishilik o‘z messenjerida joriy qilgan Facebook Inc. Snap Inc. kompaniyasini biznesni rivojlantirish uchun yangi yo‘llarni qidirishga majbur qilmoqda. WhatsApp yangiligi Snapchat tarmog‘ining o‘sishini sekinlashtiradi, deb qayd etadi nashr. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi