Shaxsiy yozishmalar uchun yaratilgan «Ok Xabarlar» mobil ilovasi iOS va Android platformalarida ishga tushirilgandan buyon 1 million ziyod mobil uskunalarga o‘rnatildi. “AppAnnie” ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshida messenjer Rossiyada ijtimoiy tarmoqlarning eng ko‘p ko‘chirilgan 5 iOS-ilovalari qatoridan o‘rin oldi.
«Ok Xabarlar» ilovasini 1 millonga yaqin Android platformasida ishlovchi smartfonlar egalari va 300 mingdan ortiq iOS platformasida ishlovchi mobil uskunalar eglari o‘rnatganlar. Ilovaning faol foydalanuvchilari bu - rusiy zabon auditoriyasi ko‘p bo‘lgan Rossiya, Ukraina va Germaniya kabi mamlakatlardandir.
Ilova o‘rnatilishining katta qism rossiyalik foydalanuvchilarga, shundan 26,5% Android qurilmalariga va 47% iOS qurilmalariga to‘g‘ri keladi. MDH mamlkatlarida ilovani Ukraina va Azarbayjon mamlakatlaridagi foydalanuvchilor ko‘proq o‘rnatganlar. Germaniya esa Android qurilmalariga o‘rnatish bo‘yicha uchinchi va iOS qurilmalariga o‘rnatish bo‘ycha ikkinchi o‘rinni egallamoqda.
Ilovani o‘rnatgan foydalanuvchilar ijtimoiy tizimning mobil ko‘rinishidan foydalangandan ko‘ra to‘rt marotaba ko‘proq xabaralar jo‘natmoqdalar. Ikkala platformada bir oy davomida umumiy 55 million xabarlar jo‘natilmoqda. Yozishmalarda matndan tashqari foydalanuvchilar video, audio va rasmli xabarlarni ko‘proq jo‘natmoqdalar.
«OK Xabarlar» ilovasi 2016 yilning noyabr oyida to‘rt mamlakatda — Qozog‘iston, Belorus, Ukraina va Moldovada eng ko‘r o‘rnatilgan iOS ilovaga aylangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Geely Galaxy: 2000 km zapasga ega 5 yangi model taqdim etildi
Xiaomi quloq tozalash uchun qurilma yaratdi
Apple oʻzboshimchalik bilan foydalanuvchi suratlarini skanerlay boshladi
Mark Tsukerberg endi Facebook va Instagramʼda faktcheking boʻlmasligini ma'lum qildi
Apple iOS 18’da sun'iy intellektning roli haqida ma'lumot beradi
iOS 18.2.1 chiqarildi: muhim xatoliklar tuzatildi!
Redmi Turbo 4 va Poco X7 Pro: yangi smartfonlar haqida barcha ma'lumotlar!
Unreal Engine 5’da yaratilgan Underground 2 remaster: demo yuklab olishga tayyor